Maxfiylik siyosati
Kapitalist foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlarini hurmat qiladi. Bu sahifa sayt qanday ma’lumotlar bilan işlaşini qisqaça tuşuntiradi. Oxirgi yangilaniş: 25.11.2026.
Biz qanday ma’lumot töplaymiz
Saytda röyxatdan ötiş, izoh qoldiriş yoki tölov qiliş imkoniyati yöq, şuning uçun ism, telefon raqami kabi şaxsiy ma’lumotlarni söramaymiz.
Sayt işlaşi uçun server odatdagi texnik ma’lumotlarni qayd etişi mumkin: IP manzil, brauzer turi, oçilgan sahifa va vaqt. Bu ma’lumotlar faqat saytning xavfsizligi va barqaror işlaşi uçun işlatiladi.
Cookie fayllar
Kapitalist reklama yoki kuzatuv cookie fayllaridan foydalanmaydi. Hosting provayderimiz Cloudflare saytni hujumlardan himoya qiliş uçun texnik cookie fayl örnatişi mumkin.
Uçinçi tomon xizmatlari
- Cloudflare: saytni joylaştiriş va himoya qiliş.
- Google Fonts: şrift yuklanganda brauzeringiz Google serveriga murojaat qiladi.
- Finnhub va Özbekiston Respublikasi Markaziy banki: bozor ma’lumotlari bizning serverimiz orqali olinadi, sizning ma’lumotlaringiz ularga uzatilmaydi.
Facebook va Instagram havolalari oddiy havolalardir. Ularni bosganingizda şu xizmatlarning öz maxfiylik qoidalari amal qiladi.
Elektron poçta orqali murojaatlar
Bizga xat yozsangiz, elektron poçta manzilingiz va xat mazmuni faqat javob beriş uçun işlatiladi va uçinçi şaxslarga berilmaydi.
Savollar
Maxfiylik böyiça savollar yoki ma’lumotlaringizni öçiriş sörovi uçun info@kapitalist.uz manziliga yozing.
